Boks/MMA

Oʻzbekistonlik 5 bokschi oltin medal uchun jang qiladi

Bugun Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida oʻtkazilayotgan ”Buyuk ipak yoʻli” xalqaro turniri final uchrashuvlari boʻlib oʻtadi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri muxbiri xabar bermoqda.

Hal qiluvchi janglarda besh nafar oʻzbekistonlik bokschi ringga koʻtariladi. Ularning uch nafari qozogʻistonlik bokschilarga qarshi ringga chiqsa, bir nafar bokschi marokashlik, yana biri esa ozarboyjonlik bokschi bilan oltin medallar uchun jang qiladi.

Oʻzbekiston terma jamoasi vakillari ishtirokidagi finallar quyidagicha:

-49 kg: Nodirjon Mirzaahmedov – Shalkar Ayxinbay (Qozogʻiston)
-60 kg: Shukurjon Rahimov – Muhammad Hamut (Marokash)
-69 kg: Iqboljon Xoldorov – Mavlon Oskenbek (Qozogʻiston)
-91 kg: Madiyar Saidrahimov – Rahil Mammadali (Ozarbayjon)
+91 kg: Obidjon Tohirov – Danila Semenov (Qozogʻiston)

Eslatib oʻtamiz, kecha Jasurbek Latipov, Hasanboy Doʻsmatov hamda Xurshid Abdullayev final yoʻllanmasi uchun jangda yutqazib (Doʻsmatov jarohati sabab ringga chiqmagan) musobaqaning bronza medalini qoʻlga kiritgan.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid