
Aralash yakkakurashning UFC yoʻnalishi, yengil vazn (-70,3 kg) toifasi chempioni, rossiyalik Habib Nurmagomedov professional boksda oʻz omadini sinab koʻrmoqchi. Bu xabarni Rossiya boks federatsiyasi prezidenti Umar Kremlev tasdiqladi.
Maʼlumotlarga koʻra, Nurmagomedov boks federatsiyasi rahbari bilan uchrashuv chogʻida professional boksga oʻtish masalasini muhokama qilgan. Boks federatsiyasi unga taklif bilan, buni Habib Instagramdagi sahifasida maʼlum qilib, muxlislarga “bu chaqiruvni qabul qilishim toʻgʻrimi, yoki yoʻq” qabilida savol bilan murojaat qilgan.
Kremlevning qayd etishicha, Habibning boksdagi raqibi kim boʻlishi borasida aniq bilan taklif yoʻq. Lekin u yarim oʻrta vazn toifasida amaldagi WBA kamari sohibi Menni Pakyao boʻlishi mumkinligini ham taʼkidlagan.
Eslatib oʻtamiz, Habib Nurmagomedov Las-Vegasda Konor Makgregorga qarshi jangdagi gʻalabasidan soʻng, raqib jamoasidagi yordamchilar bilan mushtlashib ketgani sababli, 9 oyga UFC musobaqalaridan chetlatilgan va bundan tashqari 500 ming AQSH dollari miqdorida jarimaga tortilgandi.

Dolzarb xabarlar
-
PFL direktori ishdan ketganini tasdiqladi va hammadan uzr soʻradi
Oʻzbekiston Professional futbol ligasi direktori Omon Gʻofurov boshqa ishga oʻtayotganligi munosabati bilan ishdan boʻshash...
By okya -
Ravshan Ermatov OʻFA birinchi vitse-prezidenti lavozimiga saylanadi
FIFA referisi Ravshan Ermatov OʻFA birinchi vitse-prezidenti lavozimida ish boshlaydi. Bu haqda GoSport.uz ishonchli...
By okya -
Muxlislar nega aldandi? Shohjahon Ergashevning profi-boksdagi gʻalati qadamlari haqida
Oldinga oʻtib bir narsani aytib oʻtay bu maqolani yozishdan koʻra, yozmaslikka koʻproq harakat qilgandim....
By okya