Boks/MMA

Habib Nurmagomedovning navbatdagi jangi muddati va raqibi nomi maʼlum boʻldi

Aralash jang sanʼati boʻyicha yengil vazn (-70,3 kg) toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov (27-0, 16 KO) oʻzining navbatdagi jangini sentyabr oyida oʻtkazadi. Bu haqda UFC rasmiy saytida maʼlum qilingan.

Unga koʻra. Habib Nurmagomedov 7 sentyabr kuni BAA poytaxti Abu-Zabida amerikalik Dastin Poryega (25-5, 19 KO) qarshi oktagonga chiqadi. Ayni vaqtda Porye UFC turnirining mazkur vazn toifasida vaqtinchalik chempion sanaladi. U soʻnggi marta 13 aprel kuni Maks Holloveyni magʻlubiyatga uchratgandi.

Habib Nurmagomedov oʻtgan yilgi Konor Makgregorga qarshi jangda chiqargan janjali uchun 9 oyga diskvalifikatsiya qilingandi. Diskvalifikatsiya muddati avgust oyida nihoyasiga yetadi.

Maʼlumot uchun, Porye UFC turnirining oʻzida 19ta jang oʻtkazishga ulgurgan boʻlib, ularning 4tasida yutqazgan. Ana shu magʻlubiyatlaridan biri 2014 yil 27 sentyabrda Konor Makgregorga qarshi jangda qayd qilingan.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid