Boks/MMA

Hasanboy Doʻsmatov eng prinsipial raqibiga yana yutqazdi

Tailand poytaxti Bangkok shahrida havaskor bokschilar oʻrtasidagi Osiyo chempionati davometmoqda. Bugun kunning eng markaziy jangida Hasanboy Doʻsmatov hindistonlik raqibiga qarshi ringga chiqdi.

-52 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Hasanboy Doʻsmatov soʻnggi yillardagi eng prinsipial raqibi — hindistonlik Amitga qarshi ringga chiqdi. Hakamlarning turfa xil qarori bilan hindistonlik bokschi gʻalaba qozondi.

Hasanboy Doʻsmatov Osiyo oʻyinlari finalida ham aynan mana shu hindistonlik bokschiga imkoniyatni boy berib qoʻygandi.

Eslatib oʻtamiz, bugun yana ikki nafar oʻzbekistonlik bokschi ringga chiqadi. Kechki dasturdan oʻrin olgan janglar quyidagicha

-64 kg: Shunqor Abdurasulov – Muhammad Alkasbex (Iordaniya)
-81 kg: Dilshodbek Roʻzmatov – Bek Nurmaganbet (Qozogʻiston)

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid