Boks/MMA

Bahodir Jalolov raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi

Tailand poytaxti Bangkok shahrida davom etayotgan Osiyo chempionatining chorak final uchrashuvlari davom etmoqda. Oʻzbekiston sharafini himoya qilayotgan Bahodir Jalolov ham ringga chiqdi.

+91 kg vazn toifasida ringga chiqqan Jalolov xitoylik raqibi Haipeng Muga qarshi qarshi jang olib bordi. Uch raund davomida Bahodir ustunlikka ega boʻldi va hakamlarning bir ovozdan chiqargan qarori bilan ochkolar hisobiga koʻra, gʻalaba qozonib, yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

Eslatib oʻtamiz, bunga qadar -60 kg vaznda Shukurjon Rahimov yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan boʻlsa, -75 kg vaznda terma jamoa yetakchisi Isroil Madrimov qozogʻistonlik Tursunbay Kulahmetga hakamlarning turlicha qarori bilan ochkolar hisobida imkoniyatni boy berib qoʻygandi.

Shuningdek, Sanjar Tursunov hamda Bobo Usmon Baturov raqiblarini magʻlub etib yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritishgandi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid