Boks/MMA

Bahodir Jalolov raqibini birinchi raundda nokautga uchratib, chempionlik kamarini qoʻlga kiritdi

Professional boksning oʻta ogʻir (+90,7 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Bahodir Jalolov (6-0, 6 KO) 10 aprel (Toshkent vaqti bilan 11 aprel tongida) kuni oʻzining navbatdagi jangini oʻtkazdi.

Jalolov shu kuni amerikalik bokschi, sobiq MMA jangchisi Brendan Barrettga (7-3-2, 5 KO) qarshi ringga chiqdi. Shimoliy Amerika boks federatsiyasining (NABF) ikkinchi darajali kamari NABF Junior kamari uchun kechgan jang birinchi raunddayoq nihoyasiga yetdi. Raundning 2:45 daqiqasida raqib ikkinchi marta nokdaun holatiga tushgach, referi jangni toʻxtatishga qaror qildi. Natijada Jalolov yana bir texnik nokaut evaziga qoʻlga kiritilgan gʻalabadan soʻng oʻzning prof-boksdagi ilk kamari NABF Junior kamarini qoʻlga kiritdi.

Eslatib oʻtamiz, Bahodir Jalolov bungacha soʻnggi marta 15 mart kuni amerikalik boshqa bir bokschi Villi Harveyni (3-2-1, 3 KO) ikkinchi raundda texnik nokaut evaziga magʻlubiyatga uchratgandi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid