Boks/MMA

Bahodir Jalolovga uy sovgʻa qilindi

Professional boksning super ogʻir (+90,7 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Bahodir Jalolovga (6-0, 6 KO) uy sovgʻa qilindi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri muxbiri xabar bermoqda.

Maʼlumotlarga koʻra, Jalolovga oʻzi tugʻilib oʻsgan Surxondaryo viloyatining markazi Termiz shahrida bunyod etilgan 2 xonali uyning kaliti va egalik sertifikati topshirilgan.

Eslatib oʻtamiz, Bahodir Jalolov aprel oyida boʻlib oʻtgan havaskor bokschilar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan va ikki karra Osiyo chempioniga aylangandi.

Shuningdek, u 10 aprel kuni amerikalik Brendan Barrettga (7-3-2, 5 KO) qarshi jangda texnik nokaut evaziga qoʻlga kiritilgan gʻalabadan soʻng oʻzning prof-boksdagi ilk kamari NABF Junior kamarini qoʻlga kiritgandi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid