Boks/MMA

Bahodir Jalolovning navbatdagi raqibi aniq boʻldi

Professional boksning oʻta ogʻir (+90,7) vazn toifasida ringga chiqayotgan Bahodir Jalolov (5-0, 5 KO) 10 aprel kuni oʻzining navbatdagi jangini oʻtkazadi.

GoSport.uz internet-nashri manbalari bergan xabarga koʻra, Jalolov shu kuni amerikalik Donni Palmerga (10-2-1, 9 KO) qarshi ringga koʻtariladi. Jang 8 raunddan iborat boʻlishi koʻzda tutilgan. Mazkur toʻqnashuv, oldin xabar berganimizdek, Nyu-Yorkdagi “Sony Hall” saroyida boʻlib oʻtadi. Bahodir Jalolov 8 raundlik jang oʻtkazishni rejalashtirgan.

Eslatib oʻtamiz, Bahodir Jalolov soʻnggi marta 15 mart kuni amerikalik boshqa bir bokschi Villi Harveyni (3-2-1, 3 KO) ikkinchi raundda texnik nokaut evaziga magʻlubiyatga uchratgandi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid