Boks/MMA

Bahodir Jalolovning navbatdagi jangi muddati aniq boʻldi

Professional boksning oʻta ogʻir vazn (+90,7 kg) toifasida ringga chiqayotgan oʻzbekistonlik Bahodir Jalolov (4-0, 4 KO) AQSHda oʻzining beshinchi jangini oʻtkazadi. Bu haqda GoSport manbalari xabar bermoqda.

Maʼlumotlarga koʻra, Jalolov joriy yilning 15 mart kuni Kaliforniya shtatining Tyustin shahridagi Markoni avtomobillar muzeyi saroyida boʻlib oʻtadigan boks kechasida ishtirok etadi. Hozircha uning raqibi kim boʻlishi maʼlum emas. Tez orada boʻlajak raqib borasida maʼlumot beriladi.

Maʼlumot uchun, Bahodir Jalolov 2018 yildan buyon professional boksda faoliyatini boshlagan. “Mir boksa“ promouterlik kompaniyasi bilan shartnomaga ega sportchi soʻnggi marta 2018 yilning 8 dekabr kuni Markus Valentinga qarshi ringga chiqib, raqibini birinchi raunddayoq nokautga uchratgandi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid