Boks/MMA

Bahodir Jalolovning jangiga uch kun qolganda raqib oʻzgardi

Professional boksning super ogʻir (+90,7 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan oʻzbekistonlik Bahodir Jalolovning (4-0 4 KO) raqibi jang boshlanishiga uch kun qolganida oʻzgardi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri manbalari xabar bermoqda.

Maʼlumotlarga koʻra, 15 mart kuni unga qarshi kolumbiyalik Santander Silgado (28-6, 22 KO) raqiblik qilishi lozim edi. Ammo Silgado 23 mart kuni amerikalik Chazz Uizerspun (37-3, 28 KO) bilan jang oʻtkazish boʻyicha kelishuvga erishdi va Bahodir Jalolov bilan jang qilishdan bosh tortdi.

Endilikda Bahodir Jalolovga boshqa bir amerikalik bokschi Villi Harvey (3-1-1, 3 KO) raqiblik qiladigan boʻldi. Jang Kaliforniya shtatining Tyustin shahridagi Markoni avtomobillar muzeyi saroyida boʻlib oʻtadi.

Eslatib oʻtamiz, Bahodir soʻnggi marta 2018 yilning 8 dekabr kuni Markus Valentinga qarshi ringga chiqib, raqibini birinchi raunddayoq nokautga uchratgandi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid