Boks/MMA

Murabbiy Joel Dias: “Bektemir Meliqoʻziyevni ringda koʻrgani koʻzim yoʻq”

Professional boks boʻyicha murabbiy, “Mir boksa” kompaniyasida murabbiylik qilayotgan meksikalik sobiq bokschi Joel Dias oʻzining yangi shogirdli Bektemir Meliqoʻziyev haqida fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

“Jin ursin, Bektemir ”bezori» Meliqoʻziyev bilan ringdagi mashgʻulotlarni koʻrgani koʻzim yoʻq. Bunaqa paytda u bilan ishlashni umuman xohlamayman. Chunki uning zarbalari juda kuchli (kuladi), u hatto maxsus qoplamali boks yostiqchasini, yoki qoʻl lapasini urganda ham bu seziladi.

Umuman, bugungi kunda biz bilan shugʻullanayotgan Isroil Madrimov (2-0, 2 KO) va Bektemir Meliqoʻziyev kabi bokschilar noyob iqtidor egalari. Ular prof-ringda 10ta jang oʻtkazguncha jahon chempionligi kamarini qoʻlga kiritа olishadi», deya gapirib oʻtgan Dias.

Eslatib oʻtamiz, professional boksda super oʻrta (-76,2 kg) vaznda faoliyatini boshlashi kutilayotgan Bektemir Meliqoʻziyev iyun oyida debyut jangini oʻtkazishi kutilmoqda. Oldinroq, uning kuchli zarbalari sabab menejerlari unga “BULLY” (bezori) deya laqab qoʻyishgandi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid