Boks/MMA

Bektemir Meliqoʻziyev endi — “bezori”

Professional boksda faoliyatini boshlayotgan Bektemir Meliqoʻziyev faoliyatini super oʻrta (-76,2 kg) vazn toifasida olib borishi maʼlum boʻldi. Bu haqda “Mir boksa” promouterlik kompaniyasi vakili Alik Frolov GoSport.uz internet-nashriga maʼlum qildi.

Frolovning qoʻshimcha qilishicha, Bektemir ayni vaqtda murabbiylar Joel Dias va Antonio Dias qoʻlida mashgʻulotlar olib bormoqda. Bektemirning zarbasi nihoyatda kuchli ekani hisobiga unga “bezori” (Bully) deya laqab berishgan. Meliqoʻziyev professional ringda faoliyat boshlagach, aynan shunday laqab ostida ringga chiqishi kutilmoqda.

Hozircha Bektemir Meliqoʻziyevning debyut jangi qachon boʻlib oʻtishi maʼlum emas.

Eslatib oʻtamiz, ”Mir boksa” promouterlik kompaniyasi vakillari sanalgan Shahram Gʻiyosov Wonder boy (”moʻjizakor bola”), Murodjon Ahmadaliyev ismi qisqartmasi — MJ, Isroil Madrimov esa The Dream (orzu) taxallusini olgan. Soʻnggi jangidagi gʻalabadan soʻng Madrimovni mashhur promouter Eddi Hirn “The Monster” deb atagandi. AQSHda faoliyat olib borayotgan yana bir bokschi Bahodir Jalolovni esa “Big Uzbek” laqabi bilan chaqirishadi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid