Boks/MMA

Bektemir Meliqoʻziyev birinchi raunddayoq raqibini nokautga uchratdi

Professional boksning super oʻrta (-76,2 kg) vazn toifasida faoliyatini boshlagan oʻzbekistonlik Bektemir Meliqoʻziyev (1-0, 1 KO) debyut jangini muvaffaqiyatli oʻtkazdi.

Hollivudda boʻlib oʻtgan jangda Bektemirga argentinalik Martin Fidel Rios (23-20-4, 13 KO) raqiblik qildi. Jangning birinchi raundidayoq Bektemir tomonidan berilgan dastlabki kuchli zarba Riosni yerga qulatdi va hakam sof nokaut qayd etdi.

Qayd etish lozim, argentinalik bokschi uzoq vaqt oʻziga kela olmay oʻrnida turv olmadi. Shunday qilib Meliqoʻziyev oʻzining debyut jangida gʻalaba qozondi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid