Boks/MMA

Bektemir Meliqoʻziyevning murabbiyi unga professional boksdagi faoliyatida omad tiladi, federatsiya uni prof-boksga oʻtmaganini yozgandi

Professional boksda faoliyatini boshlashi kutilayotgan Bektemir Meliqoʻziyevning birinchi murabbiyi Maʼrufjon Ahmedov shogirdining tavallud topgan kuni (8 aprel kuni Meliqoʻziyev 23 yoshga toʻldi) tabriklab video murojaat yoʻllagan.

Murabbiy unda Bektemir Meliqoʻziyevning professional boksdagi faoliyatida omad tilab, tez orada jahon chempioni kamarini Oʻzbekistonga olib kelishini niyat qilgan.

Oldinroq, GoSport.uz internet-nashri sportchi bilan bogʻlanib, uning professional boksga oʻtayotgani va “Mir boksa” promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolashi haqida xabar bergandi. Biroq keyinroq boks federatsiyasi uning professional boksga oʻtmagani, balki tiklanish uchun mashgʻulotlarni AQSHning Kaliforniya shtatida davom ettirishi haqida yozgandi.

Havaskor boksda faoliyat yuritadigan bokschilar odatda professional boksga oʻtishda oʻzining birinchi yoki shaxsan birga ishlaydigan murabbiyi bilan maslahatlashadi va aynan murabbiyning tavsiyasi bilan kelajagi borasida bir qarorga keladi. Shu sababdan Meliqoʻziyevning professional boksga oʻtish yoki oʻtmasligi borasida aniqroq maʼlumot uning birinchi murabbiyida boʻlishi tabiiy. Shu maʼnoda boks federatsiyasi haqiqatga mos kelmaydigan xabar tarqatgan boʻlishi mumkin.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid