Boks/MMA

Bektemir Meliqoʻziyevning professional boksda qachon debyut qilishi maʼlum boʻldi

Professional boksning super oʻrta (-76,2 kg) vazn toifasida faoliyatini boshlashi kutilayotgan Bektemir Meliqoʻziyevning debyut jangi muddati maʼlum boʻldi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri manbalari xabar bermoqda.

Manbalarga koʻra, Bektemir joriy yilning iyun oyida professional boksdagi ilk jangini oʻtkazadi. Jang AQSHda boʻlib oʻtadi. Hozircha jangning aniq sanasi nomaʼlum boʻlib turibdi.

Eslatib oʻtamiz, Bektemir aprel oyidan buyon Amerikada “Mir boksa” promouterlik klubi tarkibida mashgʻulotlarda ishtirok etib kelmoqda. Mazkur kompaniya vakili Isroil Madrimovning (2-0, 2 KO) 8 iyun kuni Gennadiy Golovkin bilan bir oqshomda jang qilishi haqida oldinroq xabar bergandik.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid