Boks/MMA

Bektemir Meliqoʻziyevning debyut jangi muddati va manzili maʼlum boʻldi

Professional boksning super oʻrta (-76,2 kg) vazn toifasida faoliyatini boshlashi kutilayotgan Bektemir Meliqoʻziyevning debyut jangi muddati va manzili maʼlum boʻldi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashriga menejer Alik Frolov maʼlum qildi.

Maʼlumotlarga koʻra, Bektemir joriy yilning 13 iyun kuni professional boksdagi ilk jangini oʻtkazadi. Jang AQSHda, Kaliforniyadagi Kosta Mesa shahrida joylashgan “The Hangar” koʻrgazmalar zalida boʻlib oʻtadi. Hozircha jangning aniq sanasi nomaʼlum boʻlib turibdi.

Eslatib oʻtamiz, Bektemir aprel oyidan buyon Amerikada “Mir boksa” promouterlik klubi tarkibida mashgʻulotlarda ishtirok etib kelmoqda. Ammo uning debyut jangi “Mir boksa“ promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil qilinmaydi.

 

Murabbiy Joel Dias: “Bektemir Meliqoʻziyevni ringda koʻrgani koʻzim yoʻq”

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid