Boks/MMA

Bahodir Jalolov navbatdagi jangini oʻtkazadi

Professional boksning super ogʻir (+90,7 kg) vazn toifasidagi ringga koʻtarilayotgan oʻzbekistonlik Bahodir Jalolov (5-0, 5 KO) tez orada navbatdagi jangini oʻtkazadi. Bu haqda sportchining oʻzi GoSport.uz internet-nashriga maʼlum qildi.

Maʼlumotlarga koʻra, Bahodir Jalolov aprel oyining birinchi haftalaridayoq ringga chiqishi kutilmoqda. ”10 aprelga qadar keyingi jangimni oʻtkazishni reja qilganmiz. Hozircha promouterlarim jang boʻlib oʻtadigan manzil va raqib boʻyicha muzokaralar olib borishmoqda. Imkon qadar reytingi baland bokschiga qarshi jang qilmoqchiman”, deya gapirib oʻtgan Jalolov.

Eslatib oʻtamiz, Jalolov soʻnggi marta 15 mart (Toshkent vaqti bilan 16 mart kuni) Kaliforniyada Villi Harveyga (3-2-1, 3 KO) qarshi ringga chiqib, 2 raundda texnik nokaut evaziga gʻalaba qozongandi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid