Boks/MMA

Bobo Usmon Baturov moʻgʻulistonlik raqibini muddatidan oldin magʻlub etdi

Tailand poytaxti Bangkok shahrida boʻlib oʻtayotgan Osiyo chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasining ikkinchi vakili Bobo Usmon Baturov ham gʻalaba qozondi.

Moʻgʻulistonlik Bayarku Ganbaatarga qarshi ringga chiqqan Bobo Usmon Baturov jangning birinchi raundidayoq yaqqol ustunlikka ega boʻldi va raqibini nokdaun holatiga tushirishga muvaffaq boʻldi. Ikkinchi raundda esa raqib qoshidan jarohat olib, jangni davom ettira olmadi. Natijada Baturov muddatidan oldin gʻalaba qozonib, keyingi bosqichga yoʻllanma oldi.

Eslatib oʻtamiz, oldinroq Shunqor Abdurasulov qiyinchilik boʻlsada iroqlik raqibini yengib, keyingi bosqichga chiqish vazifasini uddalagandi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid