Boks/MMA

Boks boʻyicha Osiyo chempioniga uy sovgʻa qilindi

Tailand poytaxti Bangkok shahrida boʻlib oʻtgan boks boʻyicha Osiyo chempionatida yarim oʻrta (-69 kg) vazn toifasida chempionlikni qoʻlga kiritgan Bobo Usmon Baturovga uy sovgʻa qilindi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashriga Jismoniy tarbiya va sport vazirligidagi manba xabar bermoqda.

Maʼlum boʻlishicha, viloyat hokimligi hamda viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan joriy yilning 19-26-aprel kunlari Bangkok shahrida boʻlib oʻtgan boks boʻyicha Osiyo chempionatida oltin medal sohibi boʻlgan Bobo Usmon Boturovga faxriy yorliq, pul mukofoti hamda Jizzax viloyatining Paxtakor tumanidan namunali asosda qurilayotgan koʻp qavatli xonadonlarda 3 xonalik uy berildi.

Bundan tashqari mazkur chempionatda ayollar oʻrtasida – 64 kg vaznda bronza medalni qoʻlga kiritgan Maftuna Meliyeva hamda joriy yilning 14-19-aprel kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan dzyudo boʻyicha Osiyo ochiq chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan Shohista Anorovaga faxriy yorliq, qimmatbaho sovgʻalar va pul mukofotlari taqdim etilgan.

Eslatib oʻtamiz, Boks boʻyicha Osiyo chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi 4ta oltin, 1ta kumush va 4ta bronza medallarini qoʻlga kiritgandi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid