Boks/MMA

Boks federatsiyasiga kim rahbar boʻlishi maʼlum boʻldi

Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati 2 fevral kuni boks federatsiyasida hisobot saylov yigʻilishi boʻlib oʻtishi tasdiqladi. Unga koʻra, tashkiliy masala koʻrib chiqilishi lozim.

Go Sport manbalari bergan xabarga koʻra, boks federatsiyasining yangi vitse prezidenti lavozimiga tadbirkor Saken Poʻlatov saylanadi.

Saken Poʻlatov bir necha yillardan buyon Toshkentning “Lokomotiv“ futbol klubi tizimida faoliyat yuritib kelishi aytiladi. Biroq uning qanday lavozimda ishlashi hech bir manbada koʻrsatilmagan.

Eslatib oʻtamiz, oldinroq Go Sport boks federatsiyasining soʻnggi toʻrt yillikdagi birinchi vitse-prezidenti Sherzod Toshmatov isteʼfoga chiqarilishi haqida xabar bergandi.

Maʼlumot uchun, Sherzod Toshmatov 2014 yilning noyabr oyidan federatsiyada faoliyat yuritib keladi. Federatsiya prezident Ochilboy Ramatov bir vaqtning oʻzida Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ rahbari, Oʻzbekiston futbol federatsiyasining prezidenti boʻlgani bois, federatsiyani asosan Toshmatov boshqarib kelgan.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid