Boks/MMA

Elnur Abduraimovning boʻlajak raqibi aniq boʻldi

Professional boksning yengil (-61,2 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Elnur Abduraimov (4-0, 4 KO) 18 may kuni ringga koʻtarilishi haqida xabar bergandik. Bugun bokschining boʻlajak jangdagi raqibi aniq boʻldi.

GoSport.uz internet-nashri manbalari bergan xabarga koʻra, Elnur shu kuni tanzaniyalik tajribali bokschi Issa Nampepechega (29-9-6, 12 KO) qarshi qarshi ringga chiqadi.

Issa endigina 24 yoshga kirgan boʻlishiga qaramasdan, shu kunga qadar 44ta jangda ishtirok etgan boʻlsa, ularning oltita turli yoʻnalishlardagi mintaqaviy chempionlik kamarlari uchun jang qilgan.

Mazkur boks oqshomi Rossiyaning Yekaterinburg shahrida joylashgan “RMK yakkakurashlar akademiyasi“ sport saroyida boʻlib oʻtadi. Janglar Rossiyaning BOKS TV telekanali orqali toʻgʻridan-toʻgʻri namoyish etiladi.

Eslatib oʻtamiz, shu kuni oʻzbekistonlik boshqa bokschilar yengil vazn toifasida Ravshanbek Umurzoqov (8-0, 7 KO) va ikkinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasi vakili Sardor Muzaffarov (4-1, 2 KO) ham oʻzlarining navbatdagi janglarini oʻtkazishi koʻzda tutilgan.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid