Boks/MMA

Entoni Joshuaning navbatdagi jangi rasman tasdiqlandi

Professional boksning superogʻir vazn (+90,7 kg) toifasida WBA, WBO, IBF va IBO yoʻnalishlari chempioni buyuk britaniyalik Entoni Joshua (22-0, 21 KO) 1 yun kuni navbatdagi jangini oʻtkazadi. Bu haqda sportchining promouteri Eddi Hirn tasdiqladi.

Entoni Joshua shu kuni ilk marta AQSHda jang qiladi. Nyu-York shahridagi Madison Square Garden arenasida boʻlib oʻtadigan bahsda unga amerikalik Jarrel Miller (23-0-1, 20KO) qarshi ringga chiqadi. “Katta chaqaloq” laqabli bokschiga qarshi jangda Joshua toʻrtta asosiy kamarini himoya qiladi.

Chempionlik jangi AQSHda DAZN striming platformasida translyatsiya qilsa, Britaniyada jang Sky Sports telekanali orqali toʻgʻridan-toʻgʻri namoyish etiladi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid