Boks/MMA

Fazliddin Gʻoibnazarov Shohjahon Ergashevga yutqazgan raqibga qarshi jang qiladi

Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan oʻzbekistonlik Fazliddin Gʻoibnazarov (7-0, 4 KO) oʻzining navbatdagi jangini may oyida oʻtkazishi haqida xabar bergandik.

Gosport.uz internet-nashri manbalari bergan xabarga koʻra, Gʻoibnazarov joriy yilning 11 may sanasida AQSHning Arizona shtatida boʻlib oʻtadigan boks oqshomida jang qiladi. Unga amerikalik Maykal Foks (19-1, 5 KO) raqiblik qiladi. Maʼlumot uchun, Foks soʻnggi marta fevral oyida oʻzbekistonlik boshqa bir bokschi Shohjahon Ergashevga qarshi ringga chiqib, oʻzining ilk magʻlubiyatini tan olishga majbur boʻlgandi.

Eslatib oʻtamiz, Gʻoibnazarov soʻnggi marta 18 yanvar kuni 8 raundlik jangda Dominikan Respublikasi vakili Rikardo Garsiyani (14-5-1, 9 KO) muddatidan oldin (raqib 4 raunddan soʻng, jangni davom ettirishdan bosh tortgan) magʻlubiyatga uchratgandi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid