Boks/MMA

Habib Oʻzbekistonga keldi va prezident kuyovi bilan mashgʻulot oʻtkazdi

Aralash jang sanʼati jangchisi, UFC yoʻnalishi boʻyicha yengil (-70 kg) vazn chempioni Habib Nurmagomedov (27-0, 16 KO) Oʻzbekistonga tashrif buyurdi. Bu haqda u oʻzining Instagramʼdagi sahifasida maʼlum qilgan.

Nurmagomedov tashrif davomida Oʻzbekiston prezidentining kuyovlari Oybek Tursunov va Otabek Umarov bilan iftorlik qilgan. Keyinroq esa Otabek Umarov bilan birga zalda mashgʻulotlar oʻtkazgan.

“U oʻzining mashhurligiga qaramay nihoyatda kamtar va samimiy inson ekan. Habibning sportda erishgan yuksak natijalarida otasi Abdulmannop Nurmagomedovning katta hissasi bor.

U oʻgʻliga sportning ilk sirlarini oʻrgatgan va oʻziga boʻlgan ishonchni uygʻota olgan. Habib oʻz xalqining anʼanalariga sodiq munosib farzand, Oʻzbekiston va butun dunyo yoshlari uchun namuna“, deb yozib qoldirgan Otabek Umarov oʻzining Instagramʼdagi sahifasida.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid