Boks/MMA

IBF yangilangan reytingida oʻzbekistonlik bokschilarning oʻrinlari maʼlum boʻldi

Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) professional bokschilarning aprel oyi uchun yangilangan reytingini eʼlon qildi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri muxbiri xabar bermoqda.

Eʼlon qilingan yangi reytingda yarim oʻrta (-66,68 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Qudratillo Abduqahhorov (16-0, 9 KO) oʻz vaznida rasman birinchi raqamli daʼvogar nomini saqlab qoldi. Eslatib oʻtamiz, 30 mart kuni yaponiyalik Keita Obarani (20-4-1, 18 KO) ochkolar hisobiga magʻlubiyatga uchratgan va buning evaziga mart oyi uchun reytingda peshqadamga aylangandi.

Super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan boshqa bir oʻzbekistonlik bokschi Shohjahon Ergashev mazkur yoʻnalish reytingida mart oyidagi mavqeini saqlab qolgan holda 7-oʻrinda bormoqda.

IBF reytingidan oʻzbekistonlik boshqa bokschilar oʻrin olishmagan.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid