Boks/MMA

Isroil Madrimov imkoniyatni boy berib qoʻydi, Shukurjon Rahimov Osiyo chempionati medalini naqd qildi

Tailand poytaxti Bangkok shahrida davom etayotgan Osiyo chempionatining chorak final uchrashuvlari davom etmoqda. Oʻzbekiston sharafini himoya qilayotgan ikki nafar bokschi yarim final yoʻllanmasi uchun ringga chiqdi.

-60 kg vazn toifasida ringga chiqqan Shukurjon Rahimov turkmanistonlik Xursand Imankulovga qarshi jang olib bordi. Ikkinchi raundda Rahimovning qoshi yorilgach, hakam jangni toʻxtatdi. Oʻsha paytgacha ustunlikka ega boʻlgan Rahimov hakamlarning turlicha baholari evaziga, ochkolar hisobiga koʻra, gʻalaba qozonib, yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

-75 kg vaznda terma jamoa yetakchisi Isroil Madrimov esa chorak finalda oʻta jiddiy raqib, qozogʻistonlik Tursunbay Kulahmetga qarshi ringga chiqdi. Murosasiz kurashlarga boy boʻlgan jangda Madrimov hakamlarning turlicha qarori bilan ochkolar hisobida imkoniyatni boy berib qoʻydi.

 

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid