Boks/MMA

Isroil Madrimov raqibini chuqur nokautga uchratdi

Professional boksning super yarim oʻrta (-69,85 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Isroil Madrimov (2-0, 2 KO) oʻzining ikkinchi jangida ham muddatidan oldin gʻalaba qozondi.

Venesuelalik Frenk Roxasga (24-3, 23 KO) qarshi kechgan jangda Isroil Madrimov ikkinchi raundda gʻalabani tantana qildi. Ikkinchi raundda dastlab raqibining jigar va bosh qismiga kuchli zarbalarni bergan Isroil Roxasni nokdaun holatiga tushirdi. Roxas bu holatda oʻrnidan turishga muvaffaq boʻldi. Ammo Isroilning ketma-ket zarbalaridan soʻng yana yerga quladi. Bu safar raundning 1:56 soniyasi oʻtib borayotganda Isroilning chap qoʻldagi kross zarbasidan soʻng raqib chuqur nokaut holatiga tushib qoldi. Sportchi uzoq vaqt oʻziga kela olmadi va uni tez tibbiy yordam xodimlari maxsus zambillarga solgan holda olib chiqib ketishlariga toʻgʻri keldi.

Ushbu gʻalaba evaziga Madrimov oʻzining WBA InterContinental chempionlik kamarini yana bir marotaba himoya qildi. Birinchi jangida u meksikalik Vladimir Ernandesni (10-3, 6 KO) 6 raundda texnik nokaut evaziga magʻlubiyatga uchratib ushbu kamar sohibiga aylangandi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid