Boks/MMA

Isroil Madrimov yana nokaut evaziga gʻalaba qozondi

Professional boksning super yarim oʻrta (-69,85 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan oʻzbekistonlik Isroil Madrimov (3-0, 3 KO) oʻzining navbatdagi jangida ham muddatidan oldin gʻalabaga erishdi.

Nyu-Yorkdagi Madison Square Garden arenasida boʻlib oʻtgan jannda Madrimovga meksikalik Norberto Gonsales raqiblik qildi. 10 raundga moʻljallangan reyting jangda Isroil Madrimov toʻliq ustunlik qildi. 6 raundga kelib Isroil tomonidan berilgan ketma-ket zarbalardan soʻng hakam jangni toʻxtatishga qaror qildi va texnik nokaut qayd etdi.

Ushbu gʻalaba Isroilning uchinchi nokaut evaziga qozonilgan gʻalabasi boʻldi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid