Boks/MMA

Isroil Madrimovning Golovkin bilan bir oqshomda jang qilishi tasdiqlandi

Professional boksning super yarim oʻrta (-69,85 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Isroil Madrimov (2-0, 2 KO) iyun oyida oʻzining uchinchi jangini oʻtkazishi haqida GoSport.uz internet-nashri manbalariga tayanib xabar bergandik.

Kuni kecha, WBA tashkiloti mazkur jangni rasmiy taqvim jadvaliga kiritdi va muddat rasman tasdiqlandi.

Unga koʻra, Madrimov 8 iyun kuni Nyu-Yorkdagi mashhur Madison Square Garden arenasida boʻlib oʻtadigan boks oqshomida ringga koʻtariladi. Hozircha unga kim raqiblik qilishi nomaʼlum. Isroil shu kuni oʻzining WBA Intercontinental chempionlik kamarini himoya qiladi.

Mazkur boks oqshomining markaziy jangida qozogʻistonlik afsonaviy bokschi, 4ta yoʻnalish boʻyicha sobiq jahon chempioni Gennadiy Golovkin (38-1-1, 34 KO) ringga chiqadi. Golovkin shu kuni kanadalik Stiv Rollsga (19-0, 10 KO) qarshi ringga chiqadi. Jang DAZN internet-platformasi orqali translyatsiya qilinadi.

Eslatib oʻtamiz, Isroil Madrimov professional boksda soʻnggi marta 9 mart kuni venesuelalik Frank Roxasga qarshi ringga chiqib, raqibini chuqur nokautga uchratgan va WBA Intercontinental chempionlik kamarini himoya qilgandi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid