Boks/MMA

Super sensatsiya! Joshua nokautga uchrab, magʻlub boʻldi

Professional boksning oʻta ogʻir (+90,7 kg) vazn toifasida toʻrtta yoʻnalish — WBA, IBF, WBO va IBO kamarlari sohibi, britaniyalik Entoni Joshua (22-1, 21 KO) kutilmaganda amerikalik kamarlar uchun daʼvogar Endi Ruisga (33-1, 22 KO) imkoniyatni boy berib qoʻydi.

Jangning uchinchi raundida avvaliga Endi Ruis nokdaunga uchradi, ammo shu raundning oʻzida barchasi butunlay teskarisiga oʻzgarib ketdi. Ruisning ketma-ket zarbalaridan soʻng Joshua ikki marta nokdaun holatiga tushdi.

7 raundga kelib Endi yana faollashdi va yana ikki marta britaniyalik chempionni yerga qulatishga muvaffaq boʻldi. Ikkinchi nokdaundan soʻng referi Joshuadan bir necha marotaba jangni davom ettira olishini soʻradi, ammo Entonidan aniq javob boʻlmagach, hakam jangni toʻxtatdi va 7 raundning 1:27 soniyasi oʻtib borayotganda texnik nokautni qayd etdi.

Natijada Endi Ruis kutilmagan gʻalaba evaziga bir yoʻla toʻrtta chempionlik kamarini oʻziniki qilib oldi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid