Boks/MMA

Konor Makgregor faoliyatini yakunladi

Aralash qoidali yakkakurashlarning irlandiyalik jangchisi, UFC yoʻnalishi boʻyicha ikki vazn toifasida sobiq chempion Konor Makgregor faoliyatini yakunlashi haqida maʼlum qildi.

“Yigitlar, kichik eʼlonim bor. Men MMA deb nomlanuvchi sportdagi faoliyatimni yakunlashga qaror qildim. Barcha sobiq hamkasblarimga kelgusi faoliyatida omad tilayman. Endi men ham nafaqadagilar safiga qoʻshilaman. ”Bitta haq” mening hisobimdan”, — deb yozgan Makgregor oʻzining “Tvitter”dagi sahifasida.

Eslatib oʻtamiz, Makgregor oʻtgan yili Habib Nurmagomedovga qarshi jangda magʻlub boʻlganidan buyon oktagonga chiqayotgani yoʻq edi. Mazkur jangdan soʻng yuzaga kelgan janjal sabab ikkala sportchi ham uzoq muddatga musobaqalardan chetlashtirilgandi.

Makgregorning diskvalifikatsiyasi aprel oyi oʻrtasida yakuniga yetadi. Oldinroq, irlandiyalik sport faoliyatini davom ettirish va UFC musobaqalarida Nurmagomedovdan revansh olish istagida ekanini maʼlum qilgandi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid