Boks/MMA

Konor Makgregorning navbatdagi raqibi maʼlum boʻldi

Aralash qoidalar yakkakurashining UFC yoʻnalishi ikki vazn (yengil, yarim yengil) toifasidagi sobiq chempioni Konor Makgregor (21-4, 18 KO) Donald Serronega (35-11, 10 KO) qarshi jang oʻtkazish boʻyicha shartnoma imzoladi. Bu haqda UFC sharhlovchichisi Jo Roganning soʻzlariga tayanib GoSport.uz muxbiri xabar bermoqda.

Yanvar oyida Serrone Aleksander Ernandes ustidan gʻalaba qozongach, Makgregor oʻzining “Tvitter”dagi sahifasida “Bunday janging uchun sen bilan urushsak arziydi, Donald. Tabriklayman”, deya yozib qoldirgandi.

Keyinroq Makgregor va Serrone birgalikda visvi va pivo ichishga ham kelishib olishgandi.

Oldinroq mazkur jang boʻlishi mumkinligi haqida UFC rahbari Den Uayt ham gapirib oʻtgandi.

Eslatib oʻtamiz, Konor Makgregor soʻnggi marta UFC chempioni Habib Nurmagomedovga imkoniyatni boy bergandi. Donald Serrone esa 19 yanvar kuni Aleksandr Ernandesni ikkinchi raundda texnik nokaut evaziga magʻlubiyatga uchratgandi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid