Boks/MMA

Mahmud Muradov yana gʻalaba qozondi

Aralash qoidalar yakkakurashi boʻyicha oʻrta (-84 kg) vazn toifasida oktagonga chiqadigan oʻzbekistonlik Mahmud Muradov (19-6, 12 KO) 16 mart kuni navbatdagi jangini oʻtkazdi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri muxbiri xabar bermoqda.

Chexiyaning Brno shahrida boʻlib oʻtgan jang Mahmud uchun MMA musobaqalaridagi 25-jangi boʻldi. Xtreme Fighting Nation (XFN) turniri doirasida tashkil etiladigan mazkur jangda Muradovga shvetsiyalik Diyego Gonsales (20-13, 1 KO) raqiblik qildi.

Uch raund davomida toʻliq ustunlik qilgan Mahmud Muradov yakunda hakamlarning bir ovozdan bergan qaroriga koʻra, ochkolar boʻyicha gʻolib deb topildi va oʻzining 19-gʻalabasini tantana qildi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid