Boks/MMA

Isroil Madrimovning nokauti oyning eng yaxshisi deb topildi

Professional boksning super yarim oʻrta (-69,85 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Isroila Madrimov (2-0, 2 KO) DAZN internet-platformasi tomonidan mart oyidagi “eng yaxshi nokaut” nominatsiyasi gʻolibi deb topildi. Bu haqda GoSport.uz manbalari xabar bermoqda.

Madrimov 9 mart (Toshkent vaqti bilan 10 mart) kuni Nyu-Yorkdagi Verona shaharchasida boʻlib oʻtgan jangda venesuelalik Frenk Roxasni (24-3, 23 KO) ikkinchi raundda (1:56 daqiqada) chuqur nokautga uchratgan, natijada sportchini tez tibbiy yordam xodimlari zambilda ringdan olib chiqib ketishlariga toʻgʻri kelgandi. Mazkur jangda Isroil oʻzining WBA Intercontinental chempionlik kamarini himoya qilgan.

Eslatib oʻtamiz, oldinroq Isroil Madrimov WBAning yangilangan reytingida 6-oʻringa koʻtarilib olgandi.

Ayni vaqtda u Yangiobod bazasida havaskor bokschilar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun soʻnggi tayyorgarlik mashgʻulotlarini davom ettirimoqda. Osiyo chempionati Tailandda boʻlib oʻtadi va unda Isroil -75 kg vazn toifasida ishtirok etadi. Mazkur musobaqa Jahon chempionati yoʻllanmasini taqdim etadi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid