Boks/MMA

Maxmud Muradovning navbatdagi jangi muddati maʼlum boʻldi

Aralash qoidalar yakkakurashi boʻyicha oʻrta (-84 kg) vazn toifasida oktagonga chiqadigan oʻzbekistonlik Mahmud Muradov (19-6, 12 KO) 6 aprel kuni oʻzining navbatdagi jangini oʻtkazadi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri muxbiri xabar bermoqda.

Chexiyaning Brno shahrida boʻlib oʻtishi kutilayotgan toʻqnashuv Mahmud uchun MMA musobaqalaridagi 26-jangi boʻldi. Xtreme Fighting Nation (XFN) turniri doirasida tashkil etiladigan mazkur jangda Muradovga kim raqiblik qilishi aniq emas.

Eslatib oʻtamiz, soʻnggi marta Mahmud 16 mart kuni Brnoda shvetsiyalik Diyego Gonsalesga (20-13, 1 KO) qarshi jang oʻtkazib, yakunda hakamlarning bir ovozdan bergan qaroriga koʻra, ochkolar boʻyicha gʻalaba qozongandi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid