
Aralash jang sanʼati boʻyicha oʻrta (-84 kg) vazn toifasida oktagonga chiqadigan oʻzbekistonlik Mahmud Muradov (20-6, 13 KO) 8 iyun kuni navbatdagi jangini oʻtkazdi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri muxbiri xabar bermoqda.
OKTAGON 12 turniri doirasida tashkil etilgan mazkur jangda Muradovga braziliyalik Alberto Emiliano Pereyraga (13-3, 11 KO) qarshi oktagonga chiqadi. Mazkur jang Slovakiya poytaxti Bratislavada boʻlib oʻtadi.
Maʼlumot uchun, “Uda“ laqabli Pereyra 34 yoshda boʻlib, mazkur sport turining eng nufuzli yoʻnalishi sanalgan UFC ning sobiq ishtirokchisi sanaladi. UFCda ikkita jangda ishtirok etgan sportchi ularning ikkalasida ham imkoniyatni boy bergan. 2016 yilda Konor Makgregor va Diaz oʻrtasidagi markaziy jangning anderkartida oktagonga chiqib Marvin Vettoriga imkoniyatni boy berib qoʻygandi.
Eslatib oʻtamiz, Mahmud Muradov soʻnggi marta 6 aprel kuni ispaniyalik Tato Primerani (7-7, 5 KO) 1 raunddayoq nokaut evaziga magʻlubiyatga uchratgan va ushbu gʻalabasi uchun WASO chempionlik kamarini qoʻlga kiritgandi.

Dolzarb xabarlar
-
PFL direktori ishdan ketganini tasdiqladi va hammadan uzr soʻradi
Oʻzbekiston Professional futbol ligasi direktori Omon Gʻofurov boshqa ishga oʻtayotganligi munosabati bilan ishdan boʻshash...
By okya -
Ravshan Ermatov OʻFA birinchi vitse-prezidenti lavozimiga saylanadi
FIFA referisi Ravshan Ermatov OʻFA birinchi vitse-prezidenti lavozimida ish boshlaydi. Bu haqda GoSport.uz ishonchli...
By okya -
Muxlislar nega aldandi? Shohjahon Ergashevning profi-boksdagi gʻalati qadamlari haqida
Oldinga oʻtib bir narsani aytib oʻtay bu maqolani yozishdan koʻra, yozmaslikka koʻproq harakat qilgandim....
By okya