Boks/MMA

Mahmud Muradov mahalliy yulduzga qarshi super jangda ishtirok etadi

Aralash jang sanʼati boʻyicha oʻrta (-84 kg) vazn toifasida oktagonga chiqadigan oʻzbekistonlik Mahmud Muradov (20-6, 13 KO) 7 iyun kuni navbatdagi jangini oʻtkazdi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri muxbiri xabar bermoqda.

Xtreme Fight Night (XFN) turniri doirasida tashkil etilgan mazkur jangda Muradovga mahalliy yulduz, shu kunga qadar yarim oʻrta (-77,1 kg) vaznda ishtirok etib kelgan, XFN yoʻnalishi boʻyicha jahon chempioni Patrik Kinsl (21-9, 10 KO) raqiblik qildi. Mazkur jang Pragadagi mashhur O2 arenasida boʻlib oʻtadi. Toʻqnashuv 5 raundga moʻljallangan boʻladi.

Chexiya matbuotining yozishicha, bu mamlakatda oʻtkazilgan eng mashhur jang boʻladi. Jangga Chexiyada tarixida eng koʻp muxlislar tashrifi kutilmoqda. Shuningdek, bu XFN tarixidagi eng yuqori gonorar oʻrtaga qoʻyiladigan toʻqnashuv boʻladi. Mahmud Muradovning maʼlum qilishicha, XFN aprel oyining oʻrtalariga qadar vaʼda qilgan gonorarni toʻlab berishi kerak. Agar ular oʻz vaqtida gonorarni toʻlab bermasa, jang oʻtkazilmay qolishi, yoki boshqa muddatga qoldirilishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, Mahmud Muradov soʻnggi marta 6 aprel kuni ispaniyalik Tato Primerani (7-7, 5 KO) 1 raunddayoq nokaut evaziga magʻlubiyatga uchratgan va ushbu gʻalabasi uchun WASO chempionlik kamarini qoʻlga kiritgandi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid