Boks/MMA

Mahmud Muradov yana bir chempionlik kamarini qoʻlga kiritdi

Aralash qoidalar yakkakurashi boʻyicha oʻrta (-84 kg) vazn toifasida oktagonga chiqadigan oʻzbekistonlik Mahmud Muradov (20-6, 13 KO) 6 aprel kuni navbatdagi jangini oʻtkazdi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri muxbiri xabar bermoqda.

Night of Warriors turniri doirasida tashkil etilgan mazkur jangda Muradovga ispaniyalik Tato Primera (7-7, 5 KO) raqiblik qildi.

Uch raundga moʻljallangan jang birinchi raunddayoq oʻz nihoyasiga yetdi. Mahmud tomonidan past berilgan oʻng qoʻl zarbasidan soʻng raqib yerga quladi va hakam jangni toʻxtatishga qaro qildi. Natijada Muradov oʻzining 20-gʻalabasini tantana qildi.

Ushbu gʻalabasi uchun Mahmud Muradovga WASO chempionlik kamari taqdim etildi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid