Boks/MMA

Murodjon Ahmadaliyev sobiq chempionga qarshi ringga chiqadi

Professional boksning ikkinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan oʻzbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev (5-0, 4 KO) 19 aprel kuni oʻzining navbatdagi jangini oʻtkazadi. Bu haqda sportchi GoSport.uz internet-nashriga maʼlum qildi.

Oldinroq, Murodjon 26 aprel kuni navbatdagi jangi uchun ringga koʻtarilishi maʼlum qilingandi. Biroq bokschining promouterlari biroz oldinroq muddatda jang oʻtkazish boʻyicha kelishuvga erishgan.

Kelishuvga koʻra, 19 aprel kuni Ahmadaliyev birinchi yarim yengil (-53,42 kg) vazn toifasida NABF yoʻnalishi chempioni, eng nufuzli yoʻnalish WBC jahon chempionligi uchun jang oʻtkazgan meksikalik Karlos Karlsonga (23-5, 14 KO) qarshi ringga chiqadi. Jang Kaliforniya shtatining Ontario shahrida joylashgan Hilton mehmonxonasining DoubleTree saroyida boʻlib oʻtadi.

Maʼlumot uchun, Karlson 2017 yilda WBC chempionlik kamari uchun jangda yaponiyalik Shinsuke Yamanakaga imkoniyatni boy berib qoʻygandi.

Eslatib oʻtamiz, Murodjon bu jangdan soʻng WBA chempionlik kamari sohibi amerikalik Daniel Roman (26-2-1, 10 KO) va IBF kamari egasi avstraliyalik Terens Doeni (21-0, 15 KO) kamarlarni birlashtiruvchi jangi gʻolibi 90 kun ichida aynan Murodjon Ahmadaliyevga qarshi majburiy jang oʻtkazishi lozim boʻladi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid