Boks/MMA

Murodjon Ahmadaliyev WBA reytingi yetakchiligini boy berishi mumkin

Professional boksning birinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan oʻzbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev (5-0, 4KO) WBAning yangilangan reytingida birinchi oʻrinni boy berishi kutilmoqda.

Gap shundaki, oʻtgan haftada amerikalik Brendon Figeroa (18-0, 13KO) WBA oltin kamari uchun birinchi raqamli daʼvogar nomini beradigan eliminator jangda meksikalik Moyzes Floresga (25-2, 17 KO) qarshi ringga chiqib, uni uchinchi raunddayoq nokautga uchratib gʻalabani qoʻlga kiritdi.

Aynan mana shu jang 31 yanvar (yoki 1 fevral) kuni eʼlon qilinadigan WBA yangi reytingida Figeroaga jahon chempionligi kamari uchun birinchi raqamli daʼvogar nomini berishi lozim. Yanvar oyi reytingida 22 yoshli Figeroa 5-oʻrinda borayotgandi.

Maʼlumot uchun, birinchi yarim yengil vazn toifasida amerikalik Daniel Roman (26-2-1, 10KO) WBA yoʻnalishi chempioni sanaladi. U endi BreBrndon Figeroaga qarshi oʻz kamarini himoya qilishi lozim boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, Murodjon Ahmadaliyev 24 noyabr kuni WBA Intercontinental chempionlik kamari uchun jangda amerikalik Ayzek Sarateni (16-4-3, 2KO) 9-raundda nokautga uchratgandi. Shu jangdan soʻng u reytingda birinchi oʻringa koʻtarilib olgandi.

Eng muhim xabarlarni Go Sportʻning Telegram-kanali orqali kuzatib boring!

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid