Boks/MMA

Oʻzbekistonlik yana bir yengilmas bokschi Nyu-Yorkda ringga chiqadi

Professional boksning super yarim oʻrta (-69,85 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Xurshidbek Normatov (7-0, 3 KO) AQSHda boʻlib oʻtadigan boks oqshomida navbatdagi jangini oʻtkazadi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri manbalari xabar bermoqda.

Maʼlum boʻlishicha, 10 aprel kuni Nyu-Yorkdagi “Sony Hall” saroyida boʻlib oʻtadigan boks kechasida Normatov oʻzining sakkizinchi jangini oʻtkazadi. Mazkur boks oqshomida shuningdek, oʻzbekistonlik boshqa bir bokschi Bahodir Jalolov (5-0, 5 KO) ham oʻzining navbatdagi jangini oʻtkazadi. Normatov 6 raundlik jangda ishtirok etsa, Bahodir Jalolov 8 raundlik jang oʻtkazishni rejalashtirgan. Hozircha ikkala bokschining ham raqiblari maʼlum emas.

Eslatib oʻtamiz, Normatov soʻnggi marta 2018 yilning 21 iyul kuni amerikalik Aleks Gaytanga (5-2, 2 KO) qarshi ringga chiqib, raqibini 6-raundda nokautga uchratgandi.

Bahodir Jalolov esa 15 mart kuni Villi Harveyni (3-2-1, 3 KO) ikkinchi raundda texnik nokaut evaziga magʻlubiyatga uchratgan.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid