Boks/MMA

Oʻzbekistonlik yana bir yengilmas bokschi gʻalabali yurishini davom ettirdi

Professional boksning super yarim oʻrta (-69,85 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan oʻzbekistonlik Xurshidbek Normatov (8-0, 3 KO) 10 aprel (Toshkent vaqti bilan 11 aprel tongida) kuni oʻzining navbatdagi jangini oʻtkazdi.

Normatov shu kuni amerikalik Kelvin Metkalfga (9-2-1, 2 KO) qarshi ringga koʻtarildi. 6 raunddan iborat jangning ikkinchi raundida u raqibini nokdaun holatiga tushirishga muvaffaq boʻldi. Qolgan raundlarda ham Normatov ustunlik qildi va bu yakunda hakamlarning ballarida ham aks etdi. Barcha hakamlar bir ovozdan 60-53, 60-53, 60-53 natijalarini qayd etishdi va Normatov professional boksdagi 8-gʻlabasiga erishdi.

Eslatib oʻtamiz, mazkur boks oqshomida oʻzbekistonlik boshqa bir bokschi Bahodir Jalolov (5-0, 5 KO) ham ringga koʻtarilib, chempionlik kamarini qoʻlga kiritdi.

Maʼlumot uchun, Xurshidbek Normatov soʻnggi marta 2018 yilning 21 iyun kuni Aleksis Gaytanga qarshi ringga chiqqan va raqibini 6 raundda chuqur nokautga uchratgandi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid