Boks/MMA

Oltinlar uchun jang! Oʻzbekistonlik besh bokschi final jangida ishtirok etadi

Tailand poytaxti Bangkok shahrida Osiyo chempionatining hal qiluvchi pallaga kirdi. Bugun musobaqaning barcha final uchrashuvlari boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston terma jamoasining 5 nafar aʼzosi mazkur bahslarda gʻoliblik uchun jang qiladi.

Erkaklar oʻrtasidagi finalda eng koʻp bokschi Oʻzbekistondan – 5 nafar. Hindiston va Qozogʻistondan 4 nafar bokschi hal qiluvchi bosqichga yetib kelgan. Janubiy Koreyadan 2, Moʻgʻuliston, Iordaniya, Tojikiston, Filippin va Yaponiyadan bir nafar bokschi bugun oltin medal uchun ringga koʻtariladi.

Quyida erkaklar oʻrtasidagi barcha 10ta final janglari roʻyxati bilan tanishib olishingiz mumkin:

-49 kg: Nodirjon Mirzahmedov (Oʻzbekiston) – Dipak (Hindiston)
-52 kg: In Kyu (Janubiy Koreya) – Amit (Hindiston)
-56 kg: Mirazizbek Mirzahalilov (Oʻzbekiston) – Kavinder Singx Bisht (Hindiston)
-60 kg: Zakir Safiullin (Qozogʻiston) – Tsenbataar Erdenebat (Moʻgʻuliston)
-64 kg: Mustafa Alkasbeh (Iordaniya) – Bahodir Usmonov (Tojikiston)
-69 kg: Bobo Usmon Baturov (Oʻzbekiston) – Sevonrets Okazava (Yaponiya)
-75 kg: Tursunbay Kulaxmet (Qozogʻiston) – Ashish Kumar (Hindiston)
-81 kg: Bek Nurmaganbet (Qozogʻiston) – Jon Nobel Marvin (Filippin)
-91 kg: Sanjar Tursunov (Oʻzbekiston) – Xyong Kyu Kim (Janubiy Koreya)
+91 kg: Bahodir Jalolov (Oʻzbekiston) – Qamshibek Konkabayev (Qozogʻiston)

Janglar Toshkent vaqti bilan soat 11:00da boshlanadi!

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid