Boks/MMA

Osiyo chempionati qiyin gʻalaba bilan boshlandi

Tailandning Bangkok shahrida boks boʻyicha Osiyo chempionatini Oʻzbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli boshladi. -64 kg vaznda Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan Shunqor Abdurasulov birinchi boʻlib ringga chiqdi va qiyinchilik bilan gʻalaba qozondi.

Iroqlik Qadim Al-Ezirejga qarshi kechgan jang biroz pala-partish tus oldi. Zarbalarning koʻpchilik qismi manzilga yetib bormadi, hakam koʻp vaziyatlarda jangni toʻxtatib, sportchilarga tanbeh berdi. Shunga qaramay, jangda Shunqor nisbatan ustun ekanini koʻrinib turgandi. Natijada hakamlarning bir ovozdan bergan bahosiga koʻra, Abdurasulov jangni oʻz foydasiga hal qildi.

Eslatib oʻtamiz, bugungi kun dasturida yana ikki oʻzbekistonlik bokschi ringga chiqadi. Osiyo oʻyinlari chempioni Bobo-Usmon Boturov -69 kg vaznda jang qilsa, Yodgoroy Mirzayeva -57 kg.da ishtirokini boshlaydi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid