Boks/MMA

Prinsipial raqiblar, hal qiluvchilar janglar. Bugun Madrimov, Jalolov va boshqalar jang qiladi

Tailand poytaxti Bangkok shahrida boʻlib oʻtayotgan Osiyo chempionati qizgʻin pallaga kirdi. Bugun musobaqaning barcha yarim finalchilari nomi aniq boʻladi. Unda 8 nafar oʻzbekistonlik bokschilar ham yarim final yoʻllanmasi uchun jang qiladi

23 aprel kuni kuni 8 nafar oʻzbekistonlik bokschi Osiyo chempionatining chorak finalida jang qiladi.

Kunduzgi dastur, 12:00 dan soʻng:

-60 kg: Shukurjon Rahimov – Xursand Imankuliyev (Turkmaniston)
-75 kg: Isroil Madrimov – Tursunbay Qulahmet (Qozogʻiston)
-91 kg: Sanjar Tursunov – Chingiz Borbashev (Qirgʻiziston)

Ayollar:
-60 kg: Rayhona Qodirova – Namuun Monxor (Moʻgʻuliston)
-75 kg: Mavluda Mavlonova – Vei-Siyen Lin (Xitoy Taypeyi)

Kechki dastur, 16:00 dan soʻng:

-69 kg: Bobo Usmon Baturov – Aslanbek Shimbergenov (Qozogʻiston)
+91 kg: Bahodir Jalolov – Xaipeng Mu (Xitoy)

Ayollar:
-64 kg: Maftuna Meliyeva – Suchada Panich (Tailand).

Eslatib oʻtamiz, kecha boʻlib oʻtgan bahslarda 4 nafar bokschi yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan boʻlsa, toʻrt nafar sportchi magʻlubiyatga uchrab, musobaqani erta yakunladi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid