Boks/MMA

Osiyo chempionati boshlanmoqda. Oʻzbekistonlik 3 nafar bokschi bugun ringga chiqadi

19 apreldan boshlab Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks boʻyicha Osiyo chempionati start oladi. Kecha boʻlib oʻtgan qurʼa tashlash marosimidan soʻng har bir vazn toifasida setkalar maʼlum boʻldi, shuningdek, oʻzbekistonlik bokschilar ham raqiblari kimligini bilib olishdi.

Bugun boʻlib oʻtadigan toʻqnashuvlarda oʻzbekistonlik uch nafar bokschi ringga koʻtariladi.

Erkaklar oʻrtasida Shunqor Abdurasulov (-64 kg) va Bobo Usmon Baturov (-69 kg) janglarini boshlasa, ayollar oʻrtasida Yodgoroy Mirzayeva (-57 kg) janglarni boshlaydi.

Erkaklar:
-64 kg: Shunqor Abdurasulov – Kadim al-Ezirej (Iroq)
-69 kg: Bobo Usmon Baturov – Bayarku Ganbaatar (Moʻgʻuliston)

Ayollar:
-57 kg: Yodgoroy Mirzayeva – Krishmi (Shri-Lanka)

Birinchi kungi musobaqalar Toshkent vaqti bilan 14:00da boshlanadi. Birinchi boʻlib Shunqor Abdurasulov bahslarni boshlab beradi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid