Boks/MMA

Qudratillo Abduqahhorov IBF yangilangan reytingida rasman peshqadamga aylandi, Shohjahon Ergashev oʻz oʻrnini saqlab qoldi

Professional boksning yarim oʻrta (-66,68 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Qudratillo Abduqahhorov (16-0, 9 KO) Xalqaro boks federatsiyasining (IBF) mart oyi uchun yangilangan reytingida birinchi pogʻonadan joy oldi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri muxbiri xabar bermoqda.

Eʼlon qilingan yangi reytingda Abduqahhorov oʻz vaznida rasman birinchi raqamli daʼvogarga aylangani koʻrsatib oʻtilgan. Eslatib oʻtamiz, 30 mart kuni yaponiyalik Keita Obarani (20-4-1, 18 KO) ochkolar hisobiga magʻlubiyatga uchratgandi. bu safar 7-pogʻonadan joy olgan.

Super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan boshqa bir oʻzbekistonlik bokschi Shohjahon Ergashev mazkur yoʻnalish reytingida fevral oyidagi mavqein saqlab qolgan holda 7-oʻrinda bormoqda.

IBF reytingidan oʻzbekistonlik boshqa bokschilar oʻrin olishmagan.

Eslatib oʻtamiz, oldinroq WBA yangilangan reytingida oʻzbekistonlik bokschilarning oʻrni haqida xabar bergandik.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid