Boks/MMA

Qudratillo Abduqahhorov WBO yangilangan reytingida yuqoriga koʻtarildi

Butunjahon boks tashkiloti (WBO) aprel oyi uchun bokschilarning yangi reytingini eʼlon qildi. GoSport.uz muxbiri bergan maʼlumotga koʻra, yangi reytingda oʻzbekistonlik bokschi Qudratillo Abduqahhorov (16-0, 9 KO) oʻz mavqeini yaxshilab olgan.

Yarim oʻrta (-66,68 kg) vazn toifasida ringga chiqadigan Abduqahhorov WBOning yangi reytingida ikki pogʻona yuqorilab, 9-oʻrindan joy oldi. Abduqahhorov fevral oyida mazkur reytingda 11-oʻringa koʻtarilgan va mart oyida oʻz oʻrnini saqlab qolgandi.

Mazkur reytingda oʻzbekistonlik boshqa sportchilar qayd etilmagan.

Maʼlumot uchun, Qudratillo WBC reytingida 4, IBF reytingida esa 1-oʻrinda bormoqda. Soʻnggi marta Qudratillo yaponiyalik Keita Obarani (20-4-1, 18 KO) ochkolar hisobida magʻlubiyatga uchratib IBF chempionlik kamariga birinchi raqamli daʼvogarga aylangandi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid