Boks/MMA

Qudratillo Abduqahhorov eng nufuzli yoʻnalish reytingida ham yuqoriga koʻtarildi

Professional boksning nufuzli yoʻnalishi sanalgan WBC mart oyi uchun yangi reytingini eʼlon qildi. Unga koʻra, oʻzbekistonlik ikki nafar bokschi mazkur reytingdan oʻrin egalladi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri muxbiri xabar bermoqda.

Yarim oʻrta (-66,68 kg) vazn toifasi vakili Qudratillo Abduqahhorov (16-0, 9 KO) reytingda bir oy oldingi oʻrni — 5 oʻrindan bir pogʻona yuqorilab 4-oʻringa joylashgan. Ayni vaqtda u IBF reytingida birinchi, WBO reytingida esa 11-oʻrinlarni egallab turibdi.

Super oʻrta (-76,2 kg) vazn toifasida ringga koʻtarilayotgan oʻzbekistonlik Azizbek Abdugʻofurov (12-0, 4 KO) esa yangi reytingda bir oy oldingi pogʻonasi — 5-oʻrinda qolgan. WBC Silver kamari sohibi boʻlgan Azizbek yaqin bir oy ichida kamarini himoya qilishi shart boʻladi.

WBC yoʻnalishi boʻyicha reytingda oʻzbekistonlik boshqa bokschilar oʻrin olishmagan.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid