Boks/MMA

Sanjarbek Rahmonov toʻyidan oldingi soʻnggi jangini oʻtkazadi

Professional boksning yarim oʻrta (-66,68 kg) vazn toifasida faoliyatini davom ettirayotgan Sanjarbek Rahmonov 11-2-1 (5 KO) iyun oyida oʻzining navbatdagi jangida ishtirok etadi. Bu haqda sportchi GoSport.uz internet-nashriga maʼlum qilgan.

Unga koʻra, Rahmonov 28 iyun kuni oʻzining 15-jangini oʻtkazadi. Mazkur boks kechasi AQSHning Las-Vegas shahridagi afsonaviy Mandalay Bay saroyida boʻlib oʻtadi. Hozircha Sanjarbekka kim raqiblik qilishi nomaʼlum boʻlib turibdi.

Sanjarbek Rahmonovning alohida taʼkidlashicha, bu uning boʻydoqlikdagi soʻnggi jangi boʻladi. Mazkur jangni oʻtkazib, 30 yoshli sportchi Oʻzbekistonga qaytishni rejalashtirmoqda. Sanjarbekning toʻyi sentyabr oyida boʻlib oʻtadi. Maʼlum boʻlishicha, kelin asli oʻzbekistonlik Amerikada istiqomat qiladi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid